09 may 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko Linaresga qarshi jang uchun Nyu-Yorkka etib keldi
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko Nyu-Yorkka etib keldi.
Ukrainalik bokschi engil vaznda WBA yo'nalishi chempioni Xorxe Linaresga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi. Lomachenko o'zining Facebook tarmog'idagi sahifasiga Nyu-Yorkda tushgan suratini joylashtirdi.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko - Linares chempionlik jangi 12 may kuni AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar