10 sen 20:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko: Lopes zarbalarim orqali gaplariga javob beradi
Engil vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopesga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Lopes istasa, xohlaganicha gapirishi mumkin. Oxirgi ikki yil ichida men haqimda gapirishdan boshqa hech qanday ish qilmadi. Maqsadim — navbatdagi chempionlik kamari va mutlaq jahon chempioni bo'lish. Biz ringda o'zaro to'qnash kelganimizda, zarbalarim orqali gaplariga javob beradi“,- dedi Vasiliy Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Lopes o'rtasidagi mutlaq jahon chempionligi uchun kechadigan bahs 17 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar