10 okt 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46566_220.jpg)
Lomachenko - Pedrasa: CHiptalar sotuvi boshlandi, eng arzon chipta 56 dollar, eng qimmati...
Professional boksning engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (11-1, 9 KO) navbatdagi jangini 8 dekabr kuni o'tkazadi.
Ukrainalik bokschining bilashtiruvchi chempionlik jangidagi raqibi WBO chempioni Xose Pedrasa (25-1, 12 KO) bo'ladi. Ushbu superto'qnashuv AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida bo'lib o'tadi.
Bugundan ikki jahon chempioni ishtirok etadigan boks oqshomi uchun chiqarilgan chiptalarning sotuvi boshlandi. Eng arzon chiptani 56 dollarga xarid qilishingiz mumkin. Eng qimmat chipta esa 506 dollar narxda belgilangan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar