20 okt 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko urush boshlanganidan keyin qanday qilib Ukrainaga qaytib kelgani haqida gapirib berdi
Uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Rossiyaning bosqinidan so'ng Ukrainaga qaytib kelgani haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
"Hayotda hech qachon urushdan omon qolishimga ishonmaganman. Bu dahshatli. Urush boshlanganda men Greciyada edim. Uyga qayta olmadim, sababi barcha reyslar bekor qilingandi. Bu juda uzoq safar bo'lgan. Ruminiyaga uchdim, u erdan mashinada daryoga bordim va qayiqqa o'tirib, uyga qaytdim.
Urushning ikkinchi kuni edi. Ertasi kuni ertalab harbiy xizmatga borib, qurol-yarog', harbiy kiyim-kechak olib, urushga tayyorgarlik ko'rdim. O'sha vaqt vatanimni tark eta olmasligimni angladim. Bunda siz orzu-maqsadlaringizni unutasiz", - dedi Lomachenko TopRank kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, Vasiliy Lomachenko engil vaznning top-5 bokschilarini aytgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar