17 okt 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko va Lopes bir xil vazn qayd etishdi + FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi engil vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun o'tkaziladi va unda WBC, WBA Super, WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko IBF kamari sohibi Teofimo Lopesga qarshi ringga ko'tariladi.
Ertangi oqshom oldidan bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala chempion ham belgilangan vazn meyorini bajarib, bir xil tosh bosishdi - 61,2 kg.
Havola :
Fikrlar