11 may 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko vs Linares. Bokschilar ko'z urishtirishdi+FOTO
Ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hamda yana bir jahon chempioni Xorxe Linares birlashtiruvchi chempionlik jangi oldidan o'zaro ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi.
Lomachenko (10-1, 8 KO) ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni hisoblanadi. Linares (44-3, 27 KO) esa engil vaznda WBA Super chempioni bo'lib turibdi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangi Toshkent vaqti bilan 13 may kuni tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Ertaga bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishadi.
Havola :
Fikrlar