12 may 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko vs Linares. Bokschilar taroziga chiqishdi
Ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hamda yana bir jahon chempioni Xorxe Linares birlashtiruvchi chempionlik jangi oldidan tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Ikkala jahon chempioni ham belgilangan vazn (61,2 kg) meyorini bajarishdi. Ularning har ikkisi ham bir xilda 61,05 kg tosh bosishdi. Lomachenko (10-1, 8 KO) ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni hisoblanadi. Linares (44-3, 27 KO) esa engil vaznda WBA Super chempioni bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Linares o'rtasidagi uzoq kutilgan birlashtiruvchi chempionlik jangi Toshkent vaqti bilan 13 may kuni tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar