14 may 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko Xeyniga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng faoliyatini yakunlashni istaganini aytdi
Vasiliy Lomachenko nima uchun Devin Xeyni bilan jangdan so'ng boksdan ketmagani haqida gapirdi.
"Bu kamar otam uchun. CHunki Xeyniga qarshi jangdan so'ng faoliyatimni yakunlash istagida bo'lgandim. O'shanda o'zim uchun barchasini isbotlagandim va davom ettirmasligim kerak edi.
Ammo otam menga xar kuni o'zim haqimdagi xabarlarni, jangdan lavhalarni yuborardi. O'shanda men u faoliyatimni davom ettirishimni istayotganini, kamar qo'lga kiritishim kerakligini tushungandim", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko bir necha kun oldin Jorj Kambososni mag'lubiyatga uchratib, IBF kamarini qo'lga kiritgandi.
Xeyniga esa 2023 yilning may oyida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : Top Rank Boxing
Fikrlar