22 okt 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoni operaciya qilishdi. U jangni jarohati bilan o'tkazgan deyishmoqda (+FOTO)
Engil vaznda sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Teofimo Lopesdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng operaciya qilindi.
Malum qilinishicha, ukrainalik bokschi jang oldidan elkasidan jarohat olgan ekan. Dushanba kuni uni operaciya qilishdi. Ushbu vaziyat haqida doktor Nil Elattraxe malumot berdi.
"U jangga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borish uchun Ukrainadan kelganida elkasida muammolar bor edi.
Mashg'ulot o'tkaza olishini aytdi, lekin jang vaqtida muammolar his qilayotgandi", - dedi shifokor.
Qayd etish lozimki, Lomachenkoda bungacha ham elkasidagi jarohat bilan bog'liq muammolar bo'lgan. U 2018 yilda Xorxe Linaresga qarshi jangdan keyin ham operaciya qilingandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar