10 sen 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes Lomachenko haqida gapirishda davom etmoqda
Engil vazn toifasida IBF kamari sohibi Teofimo Lopes WBA, WBO, WBC yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
“Uni mag'lub etish uchun imkoniyatlarim etarli. 23 yoshda mutlaq jahon chempioni bo'lish imkoni bor. Lomaga qarshi jangimizni intizorlik bilan kutmoqdaman. Men engil vazn uchun ancha yirikman. Loma esa yarim engil va ikkinchi yarim engil vaznda o'zini yaxshi his qilgan. Bizning jangdan so'ng, u yana eski vazniga qaytsa kerak”,-dedi Lopes.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar