19 okt 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes: Men Lomachenkodan ko'prog'ini kutgan edim, u esa...
Mutloq chempion Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenko unga osongina g'alabani topshirganini takidladi.
"Men Lomachenkodan ko'prog'ini kutgan edim. Ko'pchilik uning imkoniyatlarini yuqori baholagandi. Tabiiyki, men ham undan boshqacharoq jang kutgan edim. Lekin, Lomachenko oddiy raqib ekan. Balki gap uning 14 oy jang qilmaganidadir. Bilmadim. Lekin men ham 10 oy jang qilganim yo'q",-dedi Teofimo Lopes.
32 yoshli Lomachenko bu janggacha (14-2, 10 KO) 13 yarim oy jang qilmagan edi. Bungacha jangchi angliyalik Lyuk Kempbellni (20-3, 16 KO) mag'lub qilgan edi.
23 yoshli Lopes esa (16-0, 12 KO) Lomachenkodan oldin 2020 yilning 14 dekabr Richard Kommini (29-3, 26 KO) nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar