18 okt 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes rekord o'rnatdi
Xabaringiz bor, Teofimo Lopes bugun Vasiliy Lomachenkoni mag'lub etib, WBA, WBO, WBC Franchise va IBF kamarlariga ega bo'ldi.
23 yoshli bokschi to'rtta chempionlik kamarini birlashtirgan eng yosh chempionga aylandi. SHuningdek, Lopes to'rtta yo'nalishda jahon chempionligini qo'lga kiritgan o'n uchinchi bokschiga aylandi.
Muxlislar so'nggi bor 2018 yilda mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan bahsni guvohi bo'lishgandi. O'shanda Aleksandr Usik Murat Gassievni mag'lub etib, birinchi og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni degan unvonga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar