24 fev 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopesning himoya jangi bo'yicha ochiq savdo tashkil etiladi
Engil vaznda mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes va rasmiy davogar Jorj Kambososning vakillari jang sanasi va muddati bo'yicha kelishuvga erisha olmadilar.
SHundan so'ng, IBF tashkiloti ochiq promouterlik savdolarini o'tkazishga qaror qildi. Ushbu savdo ertaga, 25 fevral kuni o'tkaziladi va unda jang tashkilotchilarining nomi malum bo'ladi.
Eng qizig'i shundaki, Teofimo Lopesning promouteri Bob Arum bu jangni tashkil qilish niyatida emas ekanligini allaqachon bildirgan. Arum avvalroq, Lopes va Kambosos ko'proq pul ishlash uchun o'zaro til biriktirishga harakat qilganliklarini aytgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar