16 mar 12:02
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo			    
				
				
			
				Madinabonu Mannopova: "Turkish Open" musobaqasi foydali bo'ldi"
10-12 mart kunlari bo'lib o'tgan "Turkish Open" musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritgan Madinabonu Mannopova O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmatiga intervyu berdi. 
			"Turkish Open" bu yilgi dastlabki xalqaro musobaqa bo'ldi. Karantindan keyin xalqaro musobaqaga qaytganimizdan xursandman. Dastlabki bosqichlardan menga kuchli eronlik va turkiyalik raqiblar to'qnash keldi. Ularni mag'lub etib yarim finalga qadar etib borib bronza medaliga ega chiqqanimdan xursanman.
"Turkish Open" ancha foydali bo'ldi, unda kamchiliklarim va xatolarimni ko'rib oldim. Xudo xohlasa keyingi musobaqalarda bu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilaman. Murabbiylarim bilan musobaqalarga tayyorgarlikni yanada puxta va qattiqroq olib boramiz", - deydi Madinabonu Mannopova.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbtaekwondowt
            
			
Fikrlar