05 may 15:08
Yangiliklar
Tennis

Madrid "Masters". 65-raketka 5-raketkani mag'lub etdi
Madridda davom etayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi nufuzli ATP turniri kutilmagan natijalarga ham boy bo'lmoqda.
Jumladan, reytingning 65-pog'onasida borayotgan germaniyalik Yan-Lennard SHtruff chorak final uchrashuvida dunyoning beshinchi raketkasi, greciyalik Stefanos Cicipasni 7/6(5), 5/7, 6/3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilar 2 soatu 31 daqiqa davomida kortda harakat qilishgan. SHtruff o'zaro uchrashuvlardagi hisobni minimal darajada qisqartirishga muvaffaq bo'ldi - 3:4.
Har ikki tennischi ham eys zarbalar ustasi ekanini amalda isbotladi. Yan 14, Cicipas 11 ta eys zarbani amalga oshirgan. SHtruff endi Mutua Madrid Open 1/2 finalida rossiyalik Aslan Karacevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar