So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

03 avg 13:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Madrimov-Soro trilogiyasi bo'ladimi? To'lqin Qilichev javob berdi

Murabbiy To'lqin Qilichev Madrimovning Soroga qarshi janglari haqida gapirdi.

To'lqin Qilichev Isroil Madrimov-Mishel Soro trilogiyasi bo'lishi mumkinmi degan savolga javob berdi.

"Madrimov-Soroning birinchi jangida yosh, shijoat, tayyorgalik jihatidan imkoniyat bizda ko'proq edi. Murabbiy sifatida aytishim mumkinki, gong bahona qilinadigan taqdirda ham Isroil keyingi raundda baribir o'z maqsadiga etardi. Avvalo Alloh biladi. Lekin katta ehtimol bilan keyingi raundda jangni yakunlagan bo'lardi.  Biz hamma jihatlarni solishtirib ko'ramiz, tahlil qilamiz. Uchrashuvdan oldin ham Isroil favorit ekanligini bilardik. 

Revansh esa Isroil eng uzoq muddat tayyorlangan jang bo'ldi. Vaziyat shunday bo'ldi: AQSHga borganidan keyin Bivol bilan mashg'ulot o'tkazdi, jang ortga surilib uzoqroq tayyorgarlik jarayoniga tushib qoldi. Bularning barchasi Madrimovga qo'l keldi va tayyorgarlik ko'ngildagidek o'tdi. Man shu 2 raund orasida kimni kim ekanligi bilindi. Vaqt hamisha Soroga qarshi edi, yoshi ham katta. Bizdagi maqsad kuchliroq edi. Ikki raundda Isroil yaqqol favorit ekanligini ko'rsatdi. Endi bizga Soro bilan ringga chiqishning qizig'i yo'q. Trilogiya WBA'ga ham DAZN, Matchroomga ham kerak emas. Soro va uning jamoasidan boshqa hech kimga qiziq emas. Lekin Soroning jamoasida sud orqali bo'lsa ham uchinchi jangni o'tkazish huquqi bor. Ammo bizning jamoa bunday fikrda emas. O'rtada bir nechta kelishuvlar bor, shular hal qilinib Soro Isroilni qo'yib yuboradi degan umiddaman. Boshqa tarafdan olib qaraganda Mishelga ham jangga chiqib zarba o'tkazib, nokaut bo'lib pul olgandan ko'ra, muzokara qilib kelishuvga erishgani yaxshiroq.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing