24 iyu 22:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Maftunkor Vanzant qo'lqopsiz jangda ringga ko'tarildi FOTOGALEREYA
AQSHning Tampe shahrida qo'lqopsiz janglar promousheni - BKFC tashkilotining navbatdagi turniri o'tkazildi.
Bare Knuckle FC 19 oqshomining markaziy jangi amerikalik maftunkor aralash yakkakurash ustalari - Reychel Ostovich va Peyj Vanzant o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang to'liq besh raund davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan Ostovichning g'alabasini taminlashdi — 48-47, 48-47, 49-46.
SHu tariqa, Ostovich o'zining BKFC promoushenidagi debyut jangida g'alaba qozonishga va shu bilan birga UFC Fight Night 143 turniridagi mag'lubiyati uchun revansh olishga muvaffaq bo'ldi. O'shanda Vanzant ikkinchi raundda raqibasini mag'lub etgan edi. Vanzant uchun bu BKFC promoushenidagi ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Havola :
Manba : USA TODAY Sports
Fikrlar