25 jan 20:06
Yangiliklar
Tennis
Magda Linett Australian Open 1/2 finaliga yo'l oldi
Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati davom etmoqda.
Australian Open turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida yarim finalchilar aniqlandi. Biroz kutilmaganda dunyoning 31-raketkasi, chexiyalik Karolina Plishkova WTA reytingida 45-pog'onada borayotgan polshalik Magda Linettga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 3/6, 5/7.
Bir daqiqasi kam bir yarim soat davom etgan uchrashuvda Plishkova hamda Linett ham 3 tadan eys zarabsini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Karolinada ko'proq bo'ldi - 7 ga 1. 30 yoshli Magda faoliyatida 30-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlarida ishtirok etgan bo'lsa, ilk bor yarim finalda o'ynaydi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibasi belaruslik Arina Sobolenko bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar