03 iyu 15:08
Yangiliklar

Mag'lubiyat nimalagini bilmay kelayotgan Joysdan yana bir g'alaba
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik Jo Joys (14-0, 13 KO) germaniyalik Kristian Xammerga (27-10, 17 KO) qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'rtinchi raundda referi tomonidan to'xtatildi. Jo texnik nokaut evaziga olmon bokschisini mag'lubiyatga uchratdi. Britaniyalik to'rtinchi raundda uch bor raqibini nokdun holatiga tushirib qo'ygandi.
SHu tariqa, Joys o'ziga tegishli bo'lgan WBO International va WBC Silver kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U 14-g'alabasini tantana qildi. Raqiblarini 13 ta jangda muddatidan avval nokautga uchratgan.
Avvalroq, Joys WBC chempioni Tayson Fyurini ringga chorlagan edi. Jo ayni paytda WBO reytingida birinchi, WBC reytingida esa ikkinchi, IBF reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar