27 avg 13:17
Yangiliklar
SHaxmat, Qiziqarli!
Magnus Karlsenni mag'lub etib shunchaki uxlashga yotgan 15 yoshli o'smir!
Hindistonlik 15 yoshli Vandan Alankar Savay Chess.com platformasidagi Titled Tuesday blic turnirida 50-yurishda dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen ustidan shov-shuvli g'alabaga erishdi.
Qizig'i, Evropadagi turnirlardan endigina qaytib, charchab turgan yosh shaxmatchi Karlsen ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng hech qanday bayram qilmagan va maqtanmagan ham. U 4 ta partiyadan so'ng ota-onasiga shunchaki charchaganini aytib, xonasiga kirib uxlab qolgan.
Ota-onasi esa o'g'lining shaxmat afsonasini mag'lub etganini keyinroq, uning Chess.com profilini tekshirib ko'rgach bilib qolishgan.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar