25 iyu 16:00
Yangiliklar
Magomed Ankalaev - Bogdan Guskov jangi qachon boshlanadi va qaerda ko'rsatiladi?
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn (-93 kg) toifasida UFC reytingida to'qqizinchi o'rinda borayotgan, O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bogdan Guskov hamda ushbu vazn toifasining rossiyalik sobiq chempioni Magomed Ankalaev o'zaro to'qnash keladi.
Turnirning asosiy kardi Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Ankalaev va Guskov o'rtasidagi jangning taxminiy boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan 23:30 etib belgilangan.
Jangni O'zbekiston hududida Setanta Sports platformasi orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Magomed Ankalaev professional faoliyati davomida 21 ta g'alaba (shundan 10 tasi nokaut bilan), 2 ta mag'lubiyat, 1 ta durang qayd etgan.
Bogdan Guskov hisobida esa 18 ta g'alaba (shundan 15 tasi nokaut bilan), 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.
Fikrlar