26 noy 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev chempionlik jangi haqida gapirdi
UFC kamariga rasmiy davogar Magomed Ankalaev UFC 282 kechasida chempionlik kamari uchun jang qilish haqida gapirdi.
«Uzoq yillik og'ir mehnatlar o'z samarasini berdi va chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tarilaman. 11 dekabr kuni kamar uchun barcha ishni qilaman. Meni qo'llab turganlarning barchasiga rahmat aytaman»,-deb fikrini yakunlagan Magomed Ankalaev.
Eslatib o'tamiz, aslida UFC 282 kechasining markaziy jangida Irji Proxazka Glover Teysheraga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi, biroq jangga 20 kun qolganida Irji jarohat oldi va kamardan voz kechdi. SHu sababli UFC vakant bo'lib turgan kamar uchun Magomed Ankalaev va Yan Blaxovich jangini tashkil qilishga qaror qildi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar