14 iyu 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev: "Men bilan jangga tayyorgarlik ko'rish uchun 10 yil kerak!"
UFC`ning sobiq yarim og'ir vazn toifasi chempioni rossiyalik Magomed Ankalaevga yangi raqib sifatida hamyurtimiz Bogdan Guskov berilgan edi.
Dunyoning eng kuchli ligasi bosslari Bogdandan avval braziliyalik Paulo Kosta va polshalik Yan Blaxovichga ham taklif jo'natib, rad javobini olgandi. Ankalaev 84 kg vazn toifasida UFC chempionligiga sobiq davogar Paulo Kostaning rad javobiga izoh berdi.
"Ularga men bilan jangga tayyorlanish uchun sakkiz hafta emas, 10 yil kerak. 25 iyul kungi jangimda g'olib chiqsam, sen bilan oktyabr yoki noyabr oyida jang qilishimiz mumkin. Men bundan faqat xursand bo'laman", - deb yozdi Ankalaev X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Bogdan Guskov va Magomed Ankalaev o'rtasidagi jang Abu-Dabidagi (BAA) UFC Fight Night 282 turnirining yangi asosiy voqeasi bo'ladi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar