28 dek 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev: "UFC kamari meniki bo'ladi"
Magomed Ankalaev 2023 yildagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Yarimog'ir vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev (17-1-1) kelgusi yili o'z divizionida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritishini aytdi.
"Bu foydali tajriba bo'ldi. Endi olg'a intilaman va ishni hakamlar ixtiyoriga qoldirmayman. 2023 yilda kamar meniki bo'ladi", — deb yozdi Ankalaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Magomed Ankalaev so'nggi bor 11 dekabr kuni Las-Vegas (AQSH)da tashkil etilgan UFC 282 musobaqasi doirasida polshalik Yan Blaxovich (29-9-1)ga qarshi oktagonga ko'tarilib, hakamlarning bahsli qaroridan so'ng durangga "imzo chekkan" edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar