04 iyu 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomed Kurbanovning raqibi elon qilindi
RCC promouterlik kompaniyasi super yarimo'rta vazndagi rossiyalik bokschi Magomed Kurbanovning raqibi bo'yicha xabar berdi.
U hamyurti Pavel Sosulin (11-0, 6 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 5 iyul kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, 29 yoshli Magomed Kurbanov o'tgan yilning mart oyida Isroil Madrimovga qarshi vakant bo'lib turgan WBA kamari uchun jang o'tkazib, texnik nokaut evaziga muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : RCC Boxing
Fikrlar