06 sen 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov CHexiyada: Mish-mishlarga qaramasdan Pragaga etib keldim
Mahmud Muradov Pragaga etib bordi.
Muradov bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bermoqda:
«Hech qachon ijtimoiy tarmoqlarga, turli ommaviy axborot vositalari va bazan hatto televideniyaga ishonmang. Aslida, vaziyat butunlay boshqacha bo'lishi mumkin. Ayni damda turli mish-mishlarga qaramasdan, Alhamdulillah, Pragaga eson-omon etib keldim va bir necha kundan so'ng navbatdagi tayyorgarlik bosqichini o'tkazish uchun Polshaga jo'nab ketaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat, biz davom etamiz. Hammaga omad tilayman», - deya tegishli suratni ilova qildi sportchi.
Avvalroq, Muradovning CHexiyadagi vizasi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar