22 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov jangi bekor bo'lganiga munosabat bildirdi
Xabar berganimizdek, Mahmud Muradovning 3 sentyabr kuniga belgilangan jangi bekor bo'lgandi.
Hamyurtimiz Parij mezbonlik qiladigan UFC turnirida Germaniya sharafini himoya qilib kelayotgan dog'istonlik Abusufyon Magomedovga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Afsuski, ushbu jang Muradov bilan bog'liq muammo sabab bekor bo'ldi.
"Ha, afsuski Parijdagi jangim bekor bo'ldi. Mashg'ulotda jarohat olganimni yozishibdi. Yo'q, aslida bunday bo'lmadi. Viza bilan bog'liq muammo sabab jangni bekor qilishga majbur bo'ldik. In SHa Alloh hammasi yaxshilikka", - dedi Muradov Olamsport.com cayti muxbiri bilan suhbatda.
Malumot uchun, Abusufyon Magomedov 3 sentyabr kungi jangda Dastin Stolfcfusga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar