18 jan 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov "Janglar oroli"da + FOTO
Xabaringiz bor, bizning vaqt bilan 24 yanvar kuni tongda hamyurtimiz Mahmud Muradov UFC 257 turnirida oktagonga ko'tariladi.
UFC promoushenidagi ilk jangchimiz turnir o'tkaziluvchi BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga etib bordi va "Janglar oroli"dagi stend oldida suratga tushdi. Muradov barcha ishtirokchi jangchilar singari unda o'z dastxati va tilaklarini yozib qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur bo'lajak jangda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qiladi. Kechaning markaziy jangida esa Konor Makgregor Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar