07 dek 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Meyvezer bilan qanday tanishgani haqida gapirdi
UFC jangchisi Mahmud Muradov boks afsonasi Floyd Meyvezer bilan qanday tanishgani haqida fikr bildirdi.
“Floyd bilan CHexiyada tanishganmiz. U Pragada tashkil etilgan turnirga tashrif buyurgandi va o'sha erda men ham bor edim. Tadbir davomida meni jangimni tomosha qildi va shundan so'ng uning menejeri men bilan aloqaga chiqdi. SHundan beri men u bilan yaxshi aloqadaman”, - dedi Mahmud.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov Floyd Meyvezer bilan shartnoma imzolagan ilk MMA jangchisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar