13 sen 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Polshaga etib bordi + FOTO
Mahmud Muradov navbatdagi manzilga etib bordi.
22 oktyabr kuni UFC 280 turnirida jang qiladigan Mahmud Muradov mashg'ulotlarning navbatdagi bosqichini o'tkazish uchun Polshaga etib bordi.
"Tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazish uchun Polshadagi "MMA Ankos"ga tashrif buyurdim. 22 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan bo'lajak jangga tayyorgarliklar davom etmoqda", - deya yozib qoldirdi Muradov tegishli surat ostidagi xabarda.
Avvalroq, Mahmud Muradov Pragaga etib borganini malum qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Murodov UFC 280 turnirida Kayo Barraloga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar