30 avg 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Qozog'iston MMAsining darajasi haqida gapirdi
Mahmud Muradov qozoq nashriga intervyu berdi.
Hamyurtimiz intervyuda Qozog'iston MMAsining darajasi haqida gapirdi.
- Menimcha, MDH davlatlari orasida Qozog'iston Rossiyadan keyin 2-o'rinda turadi.
-O'z jamoangiz jangchilarini Qozog'istondagi "Naiza" turnirga olib keldingiz. U haqida nima deya olasiz?
- "Naiza" tashkilotining tadbirida birinchi marta shaxsan ishtirok etishim. Hozircha hamma narsa kerak bo'lganidek ko'rinadi. Avvalroq men You Tube'da ko'rdim, tashqaridan yaxshi ko'rindi, yaxshi voqealar, kuchli jangchilar. Turnirlaringizda zalimiz yigitlari bir necha bor jang qilishdi. Eng muhimi, hakamligingiz adolatli, shuning uchun biz liga bilan hamkorlik qilishda ikkilanmadik.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar