20 jan 18:24
Yangiliklar
Kikboksing
Mahmud Muradov super og'ir vaznli kik-bokschi raqibi bilan to'qnash keldi (VIDEO)
24 yanvar kuni Polshaning Tarnuv shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha Fame 29 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov turnir oldidan bo'lajak raqibi — polshalik Marchin Syanos bilan yuzma-yuz keldi.
Jang super og'ir vazn toifasida ko'rgazmali kik-boks (K-1) qoidalari bo'yicha o'tkaziladi.
Malumot uchun, Mahmud Muradov MMAdagi professional faoliyati davomida 37 ta jang o'tkazib, 29 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. Syanos hisobida esa 8 g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar