So’nggi yangiliklar

16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0 15:55Чимаев Стриклендга қарши! UFC 328 турнирига етиб келдик (Барча тафсилотлар) 0 15:34Дзюдочиларимиз Остона “Катта Дубулға” турнирини олтин ва бронза медаллари билан бошлашди 0 15:13Роналдунинг ўғли "Боруссия" ёки "Спортинг"га ўтиши мумкин 0 14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0 14:27Велотрек бўйича Тошкент Гран-при турнири якунланди 0 14:03Трамп — Оқ уйдаги UFC турнири ҳақида: "Бутун мамлакатимиз таклиф қилинади. Кириш бепул" 0 13:40Алабанинг хизматлари "Ювентус" ва "Милан"га таклиф этилди 0 13:13Самарқанд мезбонлик қиладиган Mangu 3 турнири қачон ўтказилиши маълум бўлди. Турнирнинг илк жанги ҳам эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 12:38Стрикленд — Чимаев билан спарринг ҳақида: "Кичкина каламуш. Сен шунчаки ожиз инсонсан" 0 12:12Отабек Умаров FIA Сенати йиғилишида қатнашди 0 11:39Мураббий буталар орасидан рақиб машғулотини кузатгани учун иш очилди 0 11:11"Илк сонияданоқ унинг жағини пойлайман". Топурия — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0

15 noy 11:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradovning bo'lajak raqibi haqida nimalarni bilish lozim? Tezkor nokautlar ustasi, UFC'da 5 ta jangi bekor bo'lgan, uni Xabib bilan taqqoslashgan!

Xabar berganimizdek, o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi rossiyalik Aliasxab Xizriev bo'ladi.

Ushbu jang 2024 yilning 3 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladi.

Xo'sh, Mahmud Muradovning bo'lajak raqibi haqida nimalarni bilish lozim? Quyida ushbu savolga javob izlashga harakat qilamiz...

2020 yilning sentyabr oyida Aliasxab Xizriev The Ultimate Fighter musobaqasida ishtirok etdi va u erda qanday daraja sohibi ekanligini isbotlab, UFC bilan shartnoma imzoladi. Dog'istonlik jangchi MMAdagi ilk janglarini M-1 Global musobaqasida o'tkazgan. U erda sakkizta jangda oktagonga ko'tarilib, janglarining teng yarmini birinchi raundning o'zida yakunlashga erishgan. SHundan so'ng, jangchi FNG promousheni bilan shartnoma imzoladi va erda to'rtta jangda ishtirok etib, uchtasini birinchi raundning o'zida yakunlashga erishdi. FNG promoushenida chempionlikka erishgandan so'ng, Aliasxab Xizrievni tezda Xabibga tenglashtirishni boshlashdi. 

Uni UFC'ning yangi Xabibi deb atay boshlashdi. CHempionlik kamaridan so'ng 31 yoshli jangchi UFC The Ultimate Fighter'da ishtirok etish imkoniga ega bo'ldi. U raqibini birinchi raundning o'zida bo'g'ib qo'ya qoldi va Danadan tezroq navbatdagi raqibni berishni so'radi. Bu vaqt orasida Ali UFC'ning mashhur menejerlari Ali Abdel-Aziz va Rizvan Magomedov bilan ishlashni boshladi. 

Bu esa o'z foydasini berishi aniq edi. Aliasxab Xizriev va UFC o'rtasida shartnoma imzolanganiga bir yarim yil bo'ldi, ammo shu vaqt oralig'ida Aliasxabning to'rtta jangi bekor bo'lib ulgurdi.

Ammo u to'rtinchi urinishdan keyin, 2022 yilning 26 mart kuni UFC oktagonida ko'rinish berdi. Qizig'i, o'sha kuni uning peshonasiga hamyurti Denis Tyuliulin bilan jang qilish yozilgan ekan. U raqibini ikkinchi raundda muddatidan oldin mag'lub etdi.

Aliasxab UFC'dagi ikkinchi jangini 2023 yil 23 sentyabr kuni avstraliyalik Yakob Malkunga qarshi o'tkazishi kerak edi. Biroq bu safar ham jang bekor bo'ldi va Xizrievning UFC'dagi "otmen" bo'lgan janglari soni 5 taga etdi.

Janglarning bekor bo'lish sabablariga qaraydigan bo'lsak, 5 ta jangning 2 tasi Aliasxab tufayli, 2 tasi raqiblar va 1 tasi kovid pandemiyasi tufayli bekor qilingan. Mahmud bilan jang Aliasxab uchun UFC'da o'tkazadigan ikkinchi jangi bo'larmikan? Yoki bekor bo'lgan oltinchi jangi?

Eng qizig'i, o'zimizning "qorako'z" Mahmudda ham UFC'da bekor bo'lgan janglar talaygina!

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, ligada Muradovning shu kungacha 7 ta jangi bekor bo'lgan va ularning 4 tasi Mahmud Muradovga tegishli sabab bilan o'tkazilmagan. Yana 2 ta jangda raqiblar "otkaz" berishgan. Birgina jang kovid pandemiyasi tufayli o'tkazilmay qolgan.

Nima ham derdik, bu jang, amalga oshgan taqdirda (!) qiziqarli bo'lishi aniq. Ammo jang kimningdir jarohati va boshqa sababi bilan bekor qilinsa, UFC bu safar ularga qanday chora ko'rishi undan ham qiziq!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing