28 may 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradovning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum + FOTO
UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradovning qachon oktagonga qaytishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, taniqli aralash yakkakurash ustamiz 3 sentyabr kuni Franciyaning Parij shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida dog'istonlik Abusufyon Magomedovga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Dog'istonlik 30 yoshli aralash yakkakurash ustasi MMAdagi faoliyati davomida 29 ta jang o'tkazgan bo'lib, 24 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 1 ta durangga ega. Magomedov 2018 yilda PFL ligasi Gran-prisining finaliga qadar etib kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar