29 avg 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradovning raqibi: "Uzr, O'zbekiston", lekin men sportchingni mag'lub etaman"
Hamyurtimiz Mahmud Muradov 22 oktyabr kuni UFC turnirida braziliyalik Kayo Barraloga qarshi jang qiladi.
Ushbu jang oldidan Barralo Mahmud Muradov va O'zbekistonga "salom" yo'lladi:
"Uzr, O'zbekiston, lekin men sportchingni mag'lub etaman", - dedi u ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda.
Eslatib o'tamiz, sportchilar 22 oktyabr kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 280 turnirida o'zaro to'qnash kelishadi. Kechaning markaziy jangida Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra engil vazn toifasining vakant bo'lib turgan kamari uchun bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Gapirish hammaning qo'lidan keladi, InshaAllah 22-oktyabr kuni oktagonda ko'rishamiz.