24 jan 10:45
Yangiliklar

Mahmudning nokauti, Konorning kutilmagan mag'lubiyati. UFC 257 turniri haqida barchasi
Turnir davomida quyidagi natijalar qayd etildi:
Dastin Pore Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratdi
Maykl CHendler birinchi raundda Den Xukerni nokaut qildi
Joann Kaldervud Jessiku Ayni ochkolar evaziga mag'lub etdi
Mahmud Muradov Endryu Sanchesni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi
Marina Rodriges Amanda Ribasni ikknichi raundda texnik nokautga uchratdi
Prelimlar:
Arman Carukyan Mett Frevolni mag'lub etdi (ochkolar)
Bred Tavares Karlos Juniorni mag'lub etdi (ochkolar)
Julianna Penya Sara MakManni uchinchi raundda og'rituvchi usulda taslim etdi
Marchin Praxnio Xalil Rauntrini mag'lub etdi (ochkolar)
Movsar Evloev Nik Lencni mag'lub etdi (ochkolar)
Amir Albazi Jalgas Jumagulovni mag'lub etdi (ochkolar)
Ushbu sahifa orqali UFC 257 turnirining matnli translyaciyasi olib borildi.
Dastin olti yil avvalgi mag'lubiyat uchun revansh oldi
Dastin Konorning faoliyatiga katta nuqta qo'ygandek. U UFS olamida eng kuchli boks ustasini o'zining uslubida mag'lub etdi.
DASTIN nimalar qildi. Ikkinchi raundda birin ketin kuchli zarbalar yo'lladi va g'alabaga erishdi.
Birinchi raund yakunlandi. Hozircha Konorda ustunlik. Makgregor bir necha bor aniq va kuchli zarbalar yo'lladi, hozircha Dastin chidamoqda
"Main event" jangi. Konor Dastin o'rtasidagi revansh boshlandi
Super jang boshlanishi arafasida. Birinchi bo'lib ikki vazn sobiq chempioni Konor chiqdi, ikkinchi bo'lib esa Dastin oktagonga yaqiblashib kelmoqda.
Uzoq kutilgan jang boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi.
TUGADIIIII. CHENDLER bekorga UFC'ga o'tmaganini isbotladi. Birinchi raundning o'zida CHendler Hukerga kuchli zarba yo'lladi va Den chuqur nokdaun holatiga tushib qoldi va birin ketin zarbalardan so'ng hakam jangni to'xtatishga majbur bo'ldi
Konor etib keldi va jangga so'nggi tayyorgarlikni olib bormoqda
"Co-Main event" jangi boshlanmoqda. CHendler birinchi chiqdi
Endi navbat kechaning ikkinchi saralangan jangiga. Den Huker Bellator sobiq yulduzi Maykl CHendlerga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Bugungi bahslarning ko'pi to'liq davom etmoqda. Ay va Kaldervud jangi ham uch raund davom etdi va hakamlar bir ovozdan Joannaning g'alabasini elon qilishdi
Turnirning ahamiyatli jihati bo'yicha uchinchi raqamli jangda Kessika Ay Joanna Kaldervudga qarshi bahs olib bormoqda
MURADOOOOV. O'n qo'lda super zarba va birin ketin zarbalar yo'lladi. Uchinchi jang va uchinchi g'alaba
G'ALABAAAAAAAAA..........
Hal qiluvchi raund boshlandi
Ikkinchi besh daqiqalikda kimdirga ustunlik berish sal qiyinroq. Har ikki jangchi ham yaxshi harakat qilishmoqda
Birinchi raund yakunlandi. Hozircha barchasi joyida. Hamyurtimiz jangda ustunlikka erishmoqda
Boshlandi...
Hamyurtimiz oktagonga chiqib keldi
Endi navbat hamyurtimiz Mahmud Muradovga. Unga bu jangda omad tilab qolamiz
Dastin Pore arenaga etib keldi. Endi faqat Konor kelishi kerak.
Birinchi raundda ustunlikda o'tkazayotgan so'nggi daqiqada birin ketin kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi va hakam uchrashuvni to'xtashga majbur bo'ldi.
Asosiy kardning birinchi jang ishtirokchilari oktagonga kirib kelishmoqda.
Prelim janglar yakunlandi. Asosiy kardni Amanda Ribas va Marina Rodriges bahsi ochib beradi. Undan keyingi jang esa biz uchun juda muhim. Sababi hamyurtimiz Mahmud Muradov UFC'dagi uchinchi jangini o'tkazadi.
Prelim janglari yakunlandi. Arman ochkolar hisobiga ko'ra raqibini mag'lub etdi. Bugungi bahslarning oltita jangidan beshtasi to'liq davom etdi...
Ikkinchi raundda Carukyan katta ustunlikka erishdi, biroq aynan armanistonlikning qoshida jiddiy jarohat bor
Prelim jangining so'nggi bahsini birinchi raundi yakunlandi. Hozircha kichik ustunlik Arman tomonida
Kechaning «main-kard» ishtirokchilari Den Huker va Maykl CHendler arenaga kelishdi. Den allaqachon tayyorgarlikning so'nggi qismini boshlab yubordi.
Mahmud Muradov jangga so'nggi tayyorgarlikning olib bormoqda
Qizig'i har ikki jangchi ham ikki kun avval boshqa boshqa jangchilarga qarshi to'qnash kelishlari lozim edi, biroq har ikkisining raqibi jangdan chiqqanidan so'ng UFC jangchilar o'rtasida o'zaro bahs tashkil qilishga qaror qildi.
So'nggi prelim jangi boshlandi. Endi navbat asosiy to'qnashuvlarga.... So'nggi prelim jangida Mett Frivoloa — Arman Carukyan bahs olib boradi.
Beshinchi jang ham to'liq davom etdi va bu bahsda Gred g'alabani tantana qildi
Turnirning beshinchi jangda kuchli jangchilari Gred Tavaresh va Antonio Karlo Ravaresh o'zaro bahs olib borishmoqda
Avvalroq, hamyurtimiz Mahmud Muradovning jangi asosiy kardga o'tkazilgani xabar qiligandi. UFC'ning yangilangan janglar posterida Mahmud Endryu Sanchesga qarshi ikkinchi bahs sifatida ko'rsatilgan
Julianna Penya Sara Makmenn o'rtasidagi bahs nihoyasiga etdi. Bahsning uchinchi raundida Julliana raqibini bo'g'ish usuli bilan taslim etishni uddaladi. Bu jang oqshomda muddatdan avval yakunlangan ilk bahsga aylandi.
Oqshomning to'rtinchi juftligi Julianna Penya Sara Makmenn o'rtasidagi bahs hozirda davom etmoqda. UFC go'zallari o'zaro yoqrin jang qilishga harakat qilishmoqda.
Hozirga qadar kechaning uchta jangi yakunlandi.
Oqshomning ikkinchi jangida Movsar Evloev amerikalik Nik Lencga qarshi oktagonga ko'tarildi va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Bu uning faoliyatidagi uchinchi g'alabasi.
Kechaning birinchi jangida Qozog'iston vakili Jalgas Jumagulov Amir Albaziga mag'lub bo'ldi.
Fikrlar
Am always with him. I always support him. I always fan of him.