20 noy 07:05
Yangiliklar

Makabu: Kanelo katta xatoga yo'l qo'ydi, men uni 100% nokautga uchrataman
SHundan so'ng Makabu bo'lajak to'qnashuv hamda Saulning qarori haqida gapirdi.
«Ha men bu jangni qabul qilaman. Menejerim va (WBC) prezidentdan bu xabarni eshitganimda, bu yaxshi yangilik, dedim. Kanelo sayyoramizning eng yaxshi bokschisi. Xullas, men eng yaxshi raqib bilan to'qnash kelishni istayman. Bu jang menga hech qanday muammo tug'dirmaydi.
Menimcha, Kanelo katta xatoga yo'l qo'ydi, bundan afsuslanadi, chunki barcha kamarlar ketib qoladi. Saul odamlarga boshqalardan ko'ra ko'proq ish qila olishini isbotlamoqchi va men unga bu orzusini amalga oshirishi uchun ruhsat berishga tayyorman, lekin men ham o'z hikoyamni yozib qo'ydim. Ha, bu boks. Men Toni Belyuga engildim, biroq qaytib keldim. Endi men sizlarga aytmoqchimanki, Kaneloni 100% nokautga uchrataman», - dedi Makabu.
Fikrlar