13 may 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Getji haqida: "haqiqiy masxaraboz"
Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor UFC 274 turnirida bo'lib o'tgan braziliyalik CHarlz Oliveyra va amerikalik Jastin Getji o'rtasidagi jang natijasiga yana bir bor munosabat bildirdi.
Braziliyalik birinchi raunddayoq raqibini taslim etgandi.
"U haqiqiy masxaraboz. Uxlab qolishidan oldin u yosh bolalardek mag'lubiyatini tan oldi", — deb yozadi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.
Qizig'i shundaki, Getji avvalroq Makgregorning faoliyatini yakunlash haqida gapirgan edi.
Oliveyra va Getji o'rtasidagi jang UFC 274 turnirinig asosiy to'qnashuvi bo'lgandi. Jang birinchi raundda CHarlz Oliveyraning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu diviziondagi kamar esa bo'sh qolmoqda, chunki Oliveyra jangdan oldin vazn qila olmagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar