15 okt 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Porega qarshi jangning yangi sanasini tasdiqladi
UFC prezidenti Dena Uayt ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor hamda Dastin Pore o'rtasidagi jang bu yil o'tkazilmasligini malum qilgandi.
Irlandiyalik jangchi bu malumotni tasdiqlab, yangi sanani elon qildi. Bu haqidagi xabarni u o'zining "Tvitter"dagi sahifasiga joylashtirgan.
"Men tasdiqlayman! Jang 23 yanvar kuni o'tkaziladi. Maqsadim jangni Dallasdagi Cowboys Stadium arenada tashkil etish. Stadion xo'jayini Jerri Jons — mening do'stim, u bu taklifni bajonidil qabul qiladi. Men Texasga tayyor bo'lib boraman, Texas esa mening muxlislarimni kutib olish uchun shay bo'ladi. Keyin esa Menni Pakyaoga navbat keladi", — deydi Makgregor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar