30 apr 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Rossiyada Xabibga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytgan
Konor MakGregorning murabbiyi Ouen Roddi irlandiyalik sportchining UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Xabib va Konor o'rtasidagi jang haqida ko'p gaplar yuribdi. Barchasi shunga qarab ketmoqda. MakGregor bilan faqat munosiblargina jang qilishlari kerak. Jang yaxshigina pul ham olib kelishi lozim. Xabib juda yaxshi kurashadi, ammo uning uslubida ham xatolar etarlicha. Uning o'zi jang oldidan "shovqin" ko'tarmoqda. Xabib Konorni jangga chorlamoqda va muxlislar uni qo'llab-quvvatlamoqdalar. Ishonchim komil, bu jang albatta bo'ladi.
Konor Floyd Meyvezerga qarshi jangdan so'ng Xabib bilan Rossiyada jang qilmoqchi ekanligi haqida gapirgandi", - dedi murabbiy.
Havola :
Manba : mmafighting.com
Fikrlar