21 sen 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor UFC bilan rekord darajadagi yangi shartnoma imzoladi
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor promoushen bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.
Kelishuvga ko'ra irlandiyalik sportchi 8ta jang o'tkazadi. SHartnomaning shartlari, xususan moliyaviy bandlari oshkor qilinmayapti. Lekin UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, Makgregorning shartnomasi MMA tarixidagi eng kattasi ekan.
Makgregor yangi shartnoma bo'yicha ilk jangini 6 oktyabr kuni rossiyalik jahon chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkazadi. Superjang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar