09 okt 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46488_220.jpg)
Makgregor UFC prezidentidan revanshni tezlashtirishini so'radi
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor imkon qadar tezroq Xabib Nurmagomedov bilan revansh jangi o'tkazilishini talab qilmoqda.
Irlandiyalik sportchi UFC prezidenti Dana Uaytga qo'ng'iroq qilib, amaldagi jahon chempioni bilan revansh jangi tashkil etib berishini so'radi. Bu malumotni Uaytning o'zi ham tasdiqladi.
“Ha, u menga qo'ng'iroq qildi. Lekin Konor birinchi galda Nevada shtati Sport komissiyasi oldida javob berishi kerak. Keyin revansh haqida o'ylab ko'rsak bo'ladi. Hali Xabibning ham roziligini olish lozim. Toni Fergyuson ham Nurmagomedovdan chempionlik kamarini qaytarib olish ilinjida yuribdi. Voqealar rivojini kuzatib boramiz”, - dedi UFC prezidenti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar
Para osiyo oyinlari xaqida kopiroq malumot beringlar admin! Bizda xozir 18 oltin 9-ta kumush va 3-ta bronza bor xisobimizda