08 iyu 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor UFC'da keyingi irlandiyalik chempion kim bo'lishi mumkinligini aytdi
Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor hamyurtlari orasida kim UFC chempionligini rasmiylashtirishi mumkinligini aytdi.
"Ian Garri yakshanba kuni betakror chiqish qildi. U jangga sho'ng'ib ketib, har bir lahzadan zavqlandi. Ian irlandiyalik navbatdagi UFC chempioni bo'lish imkonini yakshanba kuni sezilarli darajada oshirdi. Tabriklayman, Ian, mana shu ruhda davom et, og'ayni", - deb yozib qoldirgan Makgregor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor so'nggi bor o'tgan yilning 11 iyulida, Dastin Porega qarshi jang qilgan edi. Ian Garri esa 3 iyul tongida Gabriel Gringa qarshi jang qilib, ochkolar evaziga g'alaba qozongan edi. Uning MMAdagi umumiy statistikasi: 14-1.
Avvalroq, Konor Makgregor qirg'izistonlik Rafael Fiziev haqida fikr bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar