12 sen 15:47
Yangiliklar

Makgregor UFCʼning CHimaev borasidagi qaroridan norozi
Irlandiyalikning so'zlariga ko'ra, tashkilot shveciyalik jangchini musobaqa kardidan chiqarib tashlashi kerak edi.
"Xamzat karddan butunlay olib tashlanishi kerak edi. Tarozidan o'ta olmaganlar uchun qulayroq janglar tashkil qilish qolganlarga yomon o'rnak bo'ladi. Tarozi ustidagi jilmayishning o'zi uni ishtirokchilar ro'yxatidan chiqarib tashlash uchun etarli sabab edi", — deb yozadi Konor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
SHuningdek, Konor Toni Fergyusonni mag'lubiyatga uchratgan Diaz haqida ham gapirdi.
"Neytni shartnoma majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarib, haqiqiy super yulduzga aylangani bilan tabriklayman. Adolatli jang. Bizning trilogiyamiz hali o'z kuchida", — deya qo'shimcha qildi Konor.
Eslatib o'tamiz, CHimaev aslida Neyt Diazga qarshi jang qilishi lozim edi. Lekin Xamzat belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. SHu sababli, u amerikalik Kevin Xollandga qarshi jang o'tkazdi.
Fikrlar