20 okt 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Xabib bilan jangda 4 ta raunddan 3 tasini yutganini aytdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ikki yil avval Xabib Nurmagomedov bilan o'tkazgan jangini esladi.
Irlandiyalikning aytishicha, o'sha jang to'xtatilguniga qadar u ochkolar hisobiga ko'ra oldinda bo'lgan.
"Birinchi raund — meniki. Men 3-1 hisobida g'alaba qozondim. Xabib zo'rg'a oyoqda turardi. Tan olaman, ikkinchi raund unga yozildi. Lekin yuzimda hech qanday zarba izlari yo'q edi. Keyin uchinchi raundni o'z foydamga hal qildim. To'rtinchi raundda ham jang to'xtatiguniga qadar ochkolar bo'yicha oldinda edim", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar