30 okt 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorning murabbiyi: “Revansh? Bu Konorga bog'liq”
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana shogirdining Xabib Nurmagomedov bilan ehtimolli revansh jangi haqida fikr bildirdi.
“Revansh? O'ylaymanki, bu Konorga bog'liq holat. Jangdan keyin biz Konor bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashdik. Lekin hali yuzma-yuz uchrashib, rejalar bo'yicha gaplashib olmadik. Hozir uning qachon va nechta jang o'tkazishi malum emas.
“MMA beshavqat sport turi, juda ham beshavqat! Har bir sportchidan mashg'ulotga jiddiy yondashish talab etadigan sport turi. Konorlar oilasi ikkinchi farzandni kutyapti. Revansh jangi o'tkazilgan taqdirda ham bu kelasi yiliga belgilanadi”, - dedi Kavana.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar