12 okt 20:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey CHarlz Oliveyraning chaqiruviga javob berdi
Amerikalik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi yarim engil vaznda sobiq UFC chempioni Maks Xollouey braziliyalik 35 yoshli CHarlz Oliveyraning chorloviga javob qaytardi.
"Biz uning chaqirig'ini eshitdik... Bu kulgili bo'lardi. CHarlz bilan uzoq yillik munosabatlarimiz bor. U mag'lubiyatda qandaydir jarohatni ayblamoqda. O'ylaymanki, hozir bu masalani hal qilamiz. Qo'lim yaxshi bo'lib bormoqda, hozir tibbiy ruxsatnomani kutish qoldi", - dedi Xollouey.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 261 turnirida polshalik Mateush Gamrot ustidan qozongan g'alabasidan keyin darhol Maks bilan jang qilish istagini bildirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar