19 jan 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey navbatdagi jangini kamar uchun o'tkazadi
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Maks Xollouey navbatdagi jangini kamar uchun o'tkazadi.
Bu haqida tashkilot rahbari Dana Uayt malum qildi.
"Maks yana bitta imkoniyatga haqli. Biz unga chempionlik jangini berishga majburmiz. U navbatdagi jangini kamar uchun o'tkazadi", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda bu vazn toifasida UFC kamariga Aleks Volkanovski egalik qilmoqda. U navbatdagi jangini Brayan Ortegaga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Xollouey va Volkanovski o'zaro ikki marta jang qilishgan va har ikkisida ham Aleks raqibini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etishni uddalagan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar