17 jan 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Maks Xollouey UFC rekordini yangiladi
Xabar berganimizdek, BAA poytaxti Abu-Dabidagi "Etixad-Arena"da 2021 yil hisobidan o'rin olgan ilk UFC turniri bo'lib o'tdi.
UFC Fight Island 7 oqshomining markaziy jangida amerikalik 29 yoshli Maks Xollouey 32 yashar vatandoshi Kelvin Kattarga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raund to'liq davom etgan jang yakunida Maks Xollouey ochkolar hisobi bilan g'alaba qozondi – 50:43, 50:43, 50:42.
Etiborlisi, Maks bitta jangda berilgan zarbalar bo'yicha UFC rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Xolloueyning zarbalari soni 445 tani tashkil etdi. Bu UFC rekordi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar