16 iyu 12:49
Yangiliklar
Maks Xolloueyning murabbiyi Makgregor bilan trilogiya haqidagi savolga javob berdi
Eslatib o'tamiz, UFC 329 turnirida irlandiyalik sportchi jangning 69-soniyasida o'ng tizzasidan jarohat olgan va texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.
"U birinchi sakrab berilgan zarbasini ijro etganida, avvaliga “Jin ursin, u shunchaki toyib ketdi shekilli”, deb o'yladim. Keyin yana bir tepdi va yana toyib yiqildi. SHunda hammasi jiddiy ekanini tushundim.
Albatta, g'alabadan xursandman. Ammo bu yig'in boshqacha o'tgandi. Juda uzoq vaqtdan beri Maksni bunchalik diqqatini jamlagan holda ko'rmagandim. U ajoyib formada edi. Biz bu safar Konor Makgregorning eng yaxshi talqiniga qarshi tayyorgarlik ko'rdik. Dunyoga Maks Xolloueyning eng yaxshi versiyasini namoyish etmoqchi edik.
Menimcha, Konorning qaytishi juda qiyin bo'ladi. Agar tizzasi haqiqatan ham jiddiy shikastlangan bo'lsa, avval uzoq tiklanish jarayonidan o'tishi, keyin esa o'ziga bo'lgan ishonchini qayta tiklashi kerak bo'ladi. Bu kamida yana bir yil degani. Bu juda og'ir sinov", — dedi Flores.
Fikrlar